[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

20.02.2025. Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi tassarufidagi Navoiy aloqa va ishorat masofasida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining 2020 yildan 2025 yil fevral’ oyiga qadar olib borgan faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi hisoboti, shuningdek, kasaba uyushmasi faoliyati yuzasidan taftish komissiyasining hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida delegatlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Muhokamalardan so‘ng, delegatlar tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatiga oid hisobotlar tasdiqlandi hamda ularning faoliyatiga tegishli baho berildi.

Hisobot davrida kasaba uyushmasi tashkilotining erishgan natijalari, shu bilan bir qatorda faoliyatni tashkil etishda mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar chuqur tahlil qilindi, kelgusidagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Mahmudjon Rozimetov

O‘zbekiston Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari