20.02.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi apparatida kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Hisobot-saylov yig‘ilishida Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova, kasaba uyushmasi tashkiloti raisi Nilufar Muzapparova va tashkilot xodimlari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga ko‘ra, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi N. Alimdjanova so‘zga chiqib, tashkilotda tuzilgan jamoa shartnomasi asosida ish beruvchi tomonidan 5 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy-ma’rifiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan faoliyat yuzasidan hisobot berib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligini keng nishonlash maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasi bilan tanishtirib o‘tdi.
Shundan so‘ng, kasaba uyushmasi tashkiloti raisi N. Muzapparova kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xususan, jamoa shartnomasida belgilangan bo‘lim va bandlar ijrosi to‘g‘risida hisobot berdi.
Olib borilgan ishlar yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyatini “qoniqarli” deb baholadilar.
Shundan so‘ng, ochiq ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida saylov o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Respublika kengashi apparati xodimi Muzapparova Nilufar Alimdjanovna kasaba uyushmasi tashkiloti raisi etib saylandi.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi