20.02.2025. Joriy yil 17 fevral’ kuni Respublika qon quyish markazida 2024 yil uchun jamoa shartnomasining ijrosi, natijalari va 2025 yil uchun rejalari hamda kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi raisi G. Toshpo‘latova hamda Respublika qon quyish markazi direktori A. B. Saidov ishtirok etdilar.
Tashkilotda kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi kelgusi vazifalar to‘g‘risida Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi S. N. Abidova tomonidan ma’ruza qilindi.