[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

20.02.2025. 2025 yil 17 fevral’ kuni O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo‘linmasi Kengashiga qarashli 51 va 52-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hisobot-saylov hamda jamoa shartnomasining 2024 yildagi bajarilishi yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Yig‘ilishlarda tashkilotlarning Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari o‘tgan yillar davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdilar. Shuningdek, muassasalar ish beruvchilari va kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari ham so‘zga chiqib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Hisobot-saylov yig‘ilishlarida muassasa kasaba uyushma qo‘mitasi raisiga saylovlar muqobillik asosida tashkil etildi va ovoz berish jarayonlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi.

Joylarda o‘tkazilayotgan hisobot-saylov va umumiy yig‘ilishlarning barchasida O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo‘linmasi Kengashi raisi A. Umarov ishtirok etdi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo‘linmasi Kengashi