20.02.2025. Navoiy viloyati Konimex tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 14-sonli maktabda 2025 yil 20 fevral’ kuni kasaba uyushmasining hisobot-yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari saylandi.
Maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasining besh yil davomidagi faoliyati yakunlari, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi kelgusi vazifalar, shuningdek, 14-sonli maktab direktori tomonidan besh yillik davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Shuningdek, 14-sonli maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibini saylash masalasi muhokama qilindi.
Yig‘ilish natijasiga ko‘ra, kasaba uyushmasi raisligiga Baxronova Nilufar Abdurazzoq qizi qayta saylandi. Uning saylanishi mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.