[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

21.02.2025. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tasarrufidagi Yo‘lovchi vagonlarini texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash filiali “Vagon deposi”da boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yo‘lovchi vagonlarini texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash filiali sexlaridan saylangan 28 nafar delegatdan 27 nafari ishtirok etdi.

Hisobot-saylov konferensiyasida korxona kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2020 yil yanvar oyidan 2025 yil yanvarigacha bo‘lgan davrda mehnatkashlar manfaatlari yo‘lida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Shuningdek, “Vagon deposi” kasaba uyushmasi qo‘mitasi  taftish komissiyasining xisoboti tinglandi.

Muhokamalarda so‘zga chiqqanlar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlarida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladilar. Konferensiyada ishtirok etgan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bosh direktori muovini, “Vagon deposi” boshlig‘i Sh.Nurmatov va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi R.Abduvaliev ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy muloqotni yanada kuchaytirish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.

Hisobot-saylov konferensiyasi davomida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ  “Vagon deposi” kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi saylovi ham o‘tkazildi.

Muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda yopiq ovoz berish natijalariga ko‘ra “Vagon deposi” kasaba uyushmasi qo‘mitasining amaldagi raisi Fazliddin Ilhomov ko‘pchilik ovoz bilan qaytadan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga saylandi.

Shundan so‘ng “Vagon deposi” kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi, taftish komissiyasi raisi va tarkibi, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Birlashgan  kasaba uyushma qo‘mitasi hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar hamda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Birlashgan  kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibiga vakil saylandi.

Muhabbat O‘rmonbekova

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari