21.02.2025. “O‘zbekgeofizika“ AJ “Yakkabog‘ geofizika ekspedisiyasi“ filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Energetika, neft’-gaz va geologiya tarmog‘i tizimidagi mazkur korxonada 932 nafar ishchi-xodim mehnat qilib kelmoqda. Konferensiyada belgilangan me’yorga muvofiq saylangan delegatlardan 60 nafari ishtirok etdi.
Dastlab, kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan hisobot davridagi faoliyati yuzasudan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisoboti tinglandi. Shundan so‘ng hisobot yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Muhokamalarda so‘zga chiqqan delegatlar kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tgan hisobot davridagi faoliyatini qoniqarli deb baholadilar.
Muqobillik va yashirin ovoz berish shaklida o‘tkazilgan saylovda amaldagi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Bahriddin Karimov 54 ta ovoz bilan kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga qayta saylandi.
Konferensiyada shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi, taftish komissiyasi va uning raisi hamda “O‘zbekgeofizika“ AJ birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotining konferensiyasiga delegatlar ham saylandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati