[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

21.02.2025. Bugun “Navoiy IES“ AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi milliylikni targ‘ib etgan holda bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada sex tashkilotlaridan saylangan 35 nafar delegatning barchasi  milliy liboslarda ishtirok etdilar. Milliylik konferensiyani o‘zgacha ruhda o‘tishiga sabab bo‘ldi.

Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rki, balki ma’naviy mafkuramiz va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi N.Tog‘aeva O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari S.Egamberdiev, tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri F.Mahmudov va boshqa mas’ullar ishtirok etib, kasaba uyushmalari tomonidan mehnatkashlar manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarshuningdek, joriy yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanishi xususida batafsil ma’lumot berdilar.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra “Navoiy IES“ AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining o‘tgan 5 yillik hisobot davridagi faoliyati bo‘yicha qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi.

Delegatlar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan «Navoiy IES» AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga Olimjon Gafarov qayta saylandi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va raisi hamda «IES» AJ birlashgan kasaba uyushma tashkilotining konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Konferensiya yakunida “Navoiy IES“ AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining kelgusidagi faoliyati bo‘yicha ustovor vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati