03.03.2025. O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyat tizimidagi “O‘zChasis” MChJda 27 fevral’ kuni 2024–2026 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasi yig‘ilishi va Hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan davrda bajargan ishlari yuzasidan hisoboti va taftish komissiyasining hisoboti tinglandi.
Muzokaralarda kasaba uyushma qo‘mitasining ish faoliyati qoniqarli deb baholandi.
O‘tkazilgan konferensiya ishida “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Sh. Isroilov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Namangan viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Q. Xolbaev, tashkiliy ishlar bo‘limi boshlig‘i N. Nastinov, murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M. Zaripov, mehnat faxriysi F. Payozov, “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika kengashining Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi A. Axmedov, saylangan 33 nafar delegat va OAV vakillari ishtirok etdi.
Yopiq ovoz berish yo‘li bilan al’ternativ usulda o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, amaldagi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Karimov Ulug‘bek Orifjonovich 5 yil muddatga kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga saylandi.
Yig‘ilish so‘ngida “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Sh. Isroilov tomonidan kasaba uyushmasi oldida turgan vazifalar va tashkilotning shonli 120 yillik sanacini nishonlash hamda kasaba uyushma a’zolarini faol bo‘lishga chaqirdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский