04.03.2025. Joriy yilning 4 mart kuni Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi muhokamasi va hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda jamoa shartnomasining taraflari hisoblangan ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasining hisobotlari tinglandi. Bundan tashqari, jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi konferensiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.
Konferensiya ishtirokchilari tomonidan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi “qoniqarli” deb baholandi.
Shundan so‘ng, amaldagi kasaba uyushma qo‘mita raisi B. Odilov va taftish komissiyasi raisining 2020-2024 yillardagi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglanib, ularning faoliyatiga ham konferensiya ishtirokchilari tomonidan “qoniqarli” baho berildi.
Shu bilan birga, konferensiya yig‘ilishida tibbiyot birlashmasining kasaba uyushma qo‘mita raisi, tarkibi, taftish komissiyasi va uning raisi qayta saylandi.
Amaldagi rais B. Odilov 84% ovoz bilan yangi hisobot muddatiga Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mita raisi etib saylandi.