[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

05.03.2025. Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz mehnatkash, olijanob xalqi, birinchi navbatda, xotin-qizlar uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish — davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan. Jumladan, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tengligini ta’minlash, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017 yildagi 27 foizdan 2024 yilda 35 foizga yetgani ayniqsa e’tiborlidir. Shu bilan birga, yuzlab oqila ayollar hayotimizning barcha sohalarida jonbozlik bilan faoliyat ko‘rsatayotgani barchamizni quvontiradi.

Ushbu shiddatli islohotlar ta’lim sohasida, shu jumladan, tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlarida ham samarali amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim.

Shu maqsadda joriy yilning 3 mart kuni Toshkent shahridagi 110-sonli umumta’lim maktabida «Zamonaviy kasaba uyushmasi harakatida ta’lim sohasidagi xotin-qizlarning roli» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda aynan tarmoq kasaba uyushmalarida amalga oshirilayotgan ishlar va samarali faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirda bir qator vazirlik va idoralar, hamkor tashkilotlar mas’ullari hamda ko‘plab kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.

Tadbirni Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Jalilov Shuxrat Ilhomovich ochib berdi. So‘ngra dasturga muvofiq, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Xotin-qizlar kengashi raisi Tohtaeva Go‘zal Qashibovna, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri G‘aibnazarova Nodira Baxodirjonovna ma’ruza qildi.

Shuningdek, “Miss Universe Uzbekistan” tanlovi g‘olibi, “Koinot go‘zali-2024” tanlovi ishtirokchisi Fahritdinova Nigina o‘z ma’ruzasida go‘zallik sirlari, sog‘lom turmush tarzi haqida master-klass o‘tkazib, kerakli tavsiyalar berdi.

Tadbirning keyingi qismida eng faol tuman va shahar kengashi raislari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov “Zamonaviy rahbar ayol” deb nomlanib, ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashdi. Birinchi shartda muammoli vaziyatlar bo‘yicha savollarga javob berishdi. Ikkinchi shartda zamonaviy kasaba uyushmasi bo‘yicha tasavvurlarini ko‘rgazmali bayon qilishdi. Uchinchi shartda esa milliy kiyim namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yuqori saviyada tashkil etildi va hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, kasaba uyushmasi Chust tuman bo‘linmasi kengashi raisi, Xalq deputatlari Chust tuman kengashi deputati Fazlidinova Muqaddas Tuychievna bir ovozdan “Oliy o‘rin”ni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tadbirda xalqimiz sevgan san’atkorlar xotin-qizlarga a’lo kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida barcha mehmonlar va ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar hamda gullar bilan taqdirlandilar.

L. Turikova

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi