[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

06.03.2025. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Dang‘ara tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’rifiy va madaniy bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram shodiyonasiga ta’lim muassasalarida mehnat qilib kelayotgan 300 nafarga yaqin ta’lim jonkuyarlari taklif etildi.

Dastavval, yig‘ilganlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va uning tashkil topishi, bugungi kundalik faoliyatidagi o‘rni va nufuzi haqida ma’lumotlar berildi.

— Kasaba uyushmalarining hayotimizdagi o‘rni haqida ko‘p gapirish mumkin, — deydi Dang‘ara tumani 18-maktab o‘qituvchisi Nodiraxon Azimova. — Ushbu tashkilotning yordamini olmagan, uning yordamiga suyanmagan odam kam bo‘lsa kerak. Chunki kasaba uyushmalarining ko‘magi bilan sayohatlarga boryapmiz, salomatligimizni tiklash uchun sihatgohlarga yo‘llamalar ajratilmoqda. Mana, bugun ham kasaba uyushmalarining e’tibori sabab sovg‘alar bilan siylandik. Qolaversa, kasaba uyushmalarining tashkil topishi va tarixi haqidagi ma’lumotlar biz uchun yangilik bo‘ldi.

Bayramda ta’lim fidoyilariga izzat-hurmat ko‘rsatilib, ularga kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi. Yangiragan kuy-navolar ustozlarni raqsga chorladi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi