[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

07.03.2025. Tabiat chiroy ochib borayotgan mana shunday shukuhli kunlarda, O‘zbekiston kasaba uyushmalariga 120 yil to‘lganligi hamda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan, tibbiyot tizimida mehnat qilib kelayotgan dilbar va munis xodimalarni bayram bilan qutlash maqsadida Qiziltepa tumani Tibbiyot birlashmasida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti bilan hamkorlikda bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M. Axmedov boshchiligidagi mas’ullar tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarni gullar bilan qarshi olib, ularni bayram bilan qutladilar.

Tadbir davomida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga ish beruvchi va kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.