[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.03.2025. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali kasaba qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda qo‘mita raisi 2020 yil martidan 2025 yil martigacha bo‘lgan davrda olib borgan faoliyati to‘g‘risida hisob berdi. Qayd etilishicha, 2020 yilda jamoa shartnomasi orqali har bir xodim olgan daromad miqdori 6 800 000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich 28 200 000 so‘mga yetgan. Bugungi kunga kelib, jamoa shartnomasida yoshlar va ayollar uchun imtiyozlar ko‘zda tutilgan alohida bo‘limlar va bandlar kiritilgani bilan avvalgilaridan farq qiladi.

Hisobot davrida jamoa shartnomasidagi barcha bandlar bajarildi, deb bo‘lmaydi. Jumladan, zararli mehnat sharoitida ishlayotgan 22 ishchi-xodimga sut mahsulotlari 2025 yilda to‘liq yetkazib berilmadi. Joylarda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilganiga qaramay, baxtsiz hodisalar sodir bo‘layapti.

Hisobotni tinglagan delegatlar qizg‘in muzokaralarga kirishdi. Ishchi-xodimlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli sharoit yaratilganiga qaramay, bu sohada yutuqlar yo‘qligi tanqid ostiga olindi. Turli musobaqalar tashkil etilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ta’kidlandi.

Delegatlar o‘z yetakchilarini saylashda yashirin ovoz berish yo‘lini tanladilar. Uch nomzoddan eng ko‘p ovoz olgan Shavkat Mirzabekov yana qayta saylandi.

Anjumanda Respublika yoqilg‘i-energetika xodimlari kasaba uyushmalari raisi o‘rinbosari Oybek Ismoilov hamda O‘KUF Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Rustambek Tursunmurodovlar ishtirok etdilar.

Bahor Xolbekova