[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.03.2025. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Sirdaryo filialida kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjuman avvalida 2020-2024 yillar yakuni bo‘yicha jamoa shartnomasining bajarilishi muhokama qilindi. Unda ish beruvchi vakili bilan qo‘mita raisining ma’ruzalari tinglandi. Muhokama jarayonida ma’lum bo‘ldiki, filialda ishchi-xodimlarning haq-huquqlari himoya qilingan. 2024 yil yakuni davomida xodimlar soni 231 nafar bo‘lib, o‘rtacha ish haqi 1 576 214 so‘mni tashkil etgan holda, jamoa shartnomasining talablari bajarildi. 117 nafar xodimga 286 093 850 so‘m, yoki har bir xodimga bir oyda o‘rtacha 203 770 so‘m qo‘shimcha mablag‘ to‘landi. Mehnat layoqatini yo‘qotgan 52 xodimga 62 985 917 so‘m, 14 nafar ayolga homiladorlik tufayli kasallik varaqasi uchun 64 506 382 so‘m to‘lab berildi.

Filialda mehnat muhofazasiga ham alohida ahamiyat berildi. Ish beruvchi mablag‘i hisobidan xodimlar filialning “Fuqaroviy javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari” talablariga muvofiq sug‘urtalangan. Ma’muriy boshqaruv apparati boshqaruv xodimlari va barcha pochta aloqasi bo‘g‘inlari birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori-darmonlar va jihozlar bilan ta’minlangan. Shu bilan bir qatorda, o‘rnatilgan normalar bo‘yicha zararli mehnat sharoitida ishlovchi 8 xodimga sut mahsulotlari uchun 6 358 329 so‘m to‘landi.

Jamoa shartnomasi muhokamasida ishtirok etganlar uning barcha bandlari bajarilganini ta’kidladilar.

Konferensiyada kasaba qo‘mitasi raisi Shuhrat Yuldashevning hisobotini tinglagan delegatlar qo‘mita faoliyatiga qoniqarli baho berdilar hamda muqobillik asosida o‘tgan saylovda rais yana qayta saylandi. Anjumanda O‘KUF viloyat Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi xodimlari Baxtiyor Haydarov hamda Mavlon Jo‘lanovlar ishtirok etdilar.