[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.03.2025. Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining 2023–2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi va 2020–2025 yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ish beruvchi Shaxbozjon Rahmonov, Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Moxidil Isaqova va kasaba uyushma qo‘mitasi taftish komissiyasi raisi Zokirjon Mamajonovning hisobot ma’ruzalari tinglandi.

O‘qib eshittirilgan hisobotlardan so‘ng delegatlar jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosini qoniqarli deb baholadilar.

Shu kuni Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2020–2025 yillar davomidagi faoliyati bo‘yicha axborot berildi.

Axborotda qayd etilishicha, 574 nafar xodimga moddiy yordam ko‘rsatilgan, 387 nafar xodim yo‘llanmalar asosida turli sihatgohlarda dam olib, salomatligini mustahkamlagan, xodimlarning 127 nafar farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida maroqli dam olgan. “Moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi” hisobidan kasaba uyushma qo‘mitasining taqdimnomasiga asosan 584 nafar xodim moddiy rag‘batlantirilgan. Kam ta’minlangan oilalarning 385 nafar farzandlariga maktab o‘quv qurollari olib berilgan, ming nafardan ortiq xodimlar respublikamiz bo‘ylab sayohatlarga olib borilgan, muntazam ravishda xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Jamoa shartnomasi orqali har bir ishchi-xodimning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoya etib kelinmoqda.

Barcha delegatlar kasaba uyushma qo‘mitasining 5 yillik faoliyatini qoniqarli deb baholadilar. Shuningdek, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasining hisoboti ham tasdiqlandi.

Hisobot-saylov konferensiyasida muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan nomzodlar orasidan Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga Moxidil Isaqova qayta saylandi.

Shuningdek, konferensiyada Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi raisi hamda Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi hisobot-saylov konferensiyasiga delegat saylandi.

Konferensiyada Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Diloromxon Toshmatova, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi Shohidaxon Karimova, Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Shaxbozjon Rahmonov va 35 nafar delegat ishtirok etdilar.

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilariga bu yil kasaba uyushmalar harakatiga 120 yil to‘lishi, uning tarixi va bugungi kundagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.