[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

14.03.2025. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi tizimidagi Sanepid qo‘mitaning Samarqand viloyat boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 5 yillik faoliyati hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abdusaidov va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi raisi Jo‘shqin Ochilov ishtirok etdilar.

Sanepid qo‘mitaning Samarqand viloyat boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasida o‘tkazilgan hisobot-saylov konferensiyasida, avvalo, birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining amaldagi raisi Sh.Sharipova va taftish komissiyasining raisi Sh.Hakimovning besh yillik hisobotlari tinglandi va konferensiya delegatlari tomonidan ularning hisobotlari “qoniqarli” deb baholandi.

Hisobotlar yakunlangandan keyin navbat saylovlarga keldi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi majlisining 2024 yil 25 dekabrdagi 14-3 sonli qarori bilan tasdiqlangan hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Sanepid qo‘mitaning Samarqand viloyat boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasida kasaba uyushma qo‘mitasi raisining saylovi “yopiq” ovoz berish yo‘li orqali amalga oshirildi.

Saylovda ishtirok etgan delegatlarning 39 nafaridan 37 nafari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining amaldagi raisi Sh.Sharipovani kelgusi besh yillikka qaytadan sayladilar. Shu bilan birga, birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi besh kishidan iborat qilib, qo‘mitaning taftish komissiyasi tarkibi uch kishidan iborat qilib yangi tarkibda saylandi.

Konferensiyada so‘zga chiqqanlar xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining o‘rni va roli to‘g‘risida fikr yuritdilar.