14.03.2025. O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax viloyat Kengashi tizimidagi “Mikrokreditbank” tashkilotida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan muhokamasi hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari va jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi tinglandi. Amalga oshirilgan ishlar ko‘lami yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb baholandi.
Shuningdek, Kasaba uyushma tashkilotining 2020-yil martidan 2025-yil martigacha o‘tgan davr mobaynidagi faoliyatiga bag‘ishlangan Hisobot-saylov yig‘ilishida tashkilotning 5 yillik hisoboti tinglanib, ishtirokchilar tomonidan qoniqarli baholandi. Kun tartibida belgilangan barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Hisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda.