[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

14.03.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Qo‘ng‘irod soda zavodi” MChJ QK boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylovi bo‘lib o‘tdi.

Hisobot-saylovda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Bahrom Quvatov, mehnat huquqi inspektori Aslitdin Xasanbaev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi Ulug‘bek Jalmenov, tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Gulnara Ilmuradova, “Qo‘ng‘irod soda zavodi” MChJ QK boshqaruvi direktori Shuxrat Shamuratov, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Baxtiyar Alliyarov, shuningdek, korxonaning mas’ul xodimlari va sexlardan saylangan delegatlar ishtirok etdilar.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B. Alliyarovning o‘tgan 5 yil davomida olib borilgan faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi hisoboti va kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati yuzasidan taftish komissiyasining hisoboti eshitildi. Delegatlar tomonidan muhokama qilinib, faoliyatga “qoniqarli” baho berildi.

Shundan so‘ng vakolat muddatining tugashi munosabati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, uning tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va uning raisi, shuningdek, yuqori kasaba uyushmasi organiga delegatlar saylandi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda ko‘pchilik ovoz bilan Alliyarov Baxtiyar Qurbanbaevich “Qo‘ng‘irod soda zavodi” MChJ QK kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi etib saylandi.

Konferensiya yakunida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi B. Quvatov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Respublika kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, u “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” bayramini munosib o‘tkazish maqsadida yil davomida korxona, tashkilot va muassasalarda rejalashtirilgan tadbirlar haqida ham ma’lumot yetkazdi.