18.03.2025. 14 mart kuni “VEOLIA ENERGY TASHKENT” MChJ da Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibida jamoa shartnomasi ijrosi va kasaba uyushmasi saylovi masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tashkilot ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2024-2026 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi tahlil qilindi. Ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
Yig‘ilish doirasida kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov qismi ham o‘tkazildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan bajarilgan ishlar haqida hisobot berildi.
Qabul qilingan qarorlar:
Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 7 nafar a’zosi saylandi.
Qo‘mita a’zolari uchun dublyorlar tasdiqlandi.
Tashkilot taftish komissiyasi 3 nafar a’zodan iborat tarkibda tasdiqlandi.
Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasining II hisobot-saylov konferensiyasiga 4 nafar delegat saylandi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash jarayoni yopiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, tashkilot kasaba uyushmasi raisi Kasimov Aleksandr Sergeevich o‘z lavozimiga qayta saylandi.