[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

19.03.2025. “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda korxonaning tarkibiy bo‘linmalaridan saylangan 40 nafar delegat ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari O. Ismailov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A. Abdusaidov, “Hududgazta’minot” AJ birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh. Axmedov qatnashdi.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra qo‘mitaning besh yillik faoliyati bo‘yicha qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi va tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va raisi, “Hududgazta’minot” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotining konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Delegatlar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib Azizov Safarali Nurbaevich qayta saylandi.