19.03.2025. 2025 yil 18 mart kuni «Toshshahartransxizmat» AJ «1-Avtobus saroyi» filialida kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Bunda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi raisi X. Saydaliev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida kun tartibidagi 2020 yil mart oyidan 2025 yil mart oyigacha bajarilgan ishlar bo‘yicha ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va taftish komissiyasi hisobotlari eshitildi. Hisobot davrida amalga oshirilgan ishlarga tegishli baholar berildi.
Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi va boshlang‘ich tashkilot raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Ko‘rsatilgan ikkita nomzoddan O. Mirzaeva nomzodi mehnat jamoasi tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, ko‘tarilgan savollarga mutasaddilar tomonidan javob berilgandan so‘ng kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.