[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

20.03.2025. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi tizimidagi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filialida ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining konferensiyasi hamda hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abdusaidov, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi raisi Jo‘shqin Ochilov ishtirok etdi.

O‘tkazilgan konferensiyada, avvalo, ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi muhokama qilindi. Bunda jamoa shartnomasining taraflari hisoblangan ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisobotlari hamda ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya dalolatnomalari konferensiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi va delegatlar tomonidan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi “qoniqarli” deb baholandi.

Filialda hisobot davrida jamoa shartnomasiga kiritilgan tadbirlarning ijrosi uchun jami sarflangan mablag‘ 5 mlrd 533 mln so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘rtacha bir nafar xodimga 10 mln 342 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, hisobot davrida mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga 931 mln so‘mga yaqin mablag‘ sarflanib, bu o‘rtacha bir nafar xodimga 1 mln 740 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi muhokama qilinganidan so‘ng, navbat hisobot-saylov yig‘ilishiga keldi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida filial kasaba uyushma qo‘mitasining amaldagi raisi A. Jamatov va taftish komissiyasining raisi B. Karimov tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasining 2020–2025 yillar davri uchun belgilangan tartibda hisobotlar berildi va ularning hisobot davridagi faoliyatlari konferensiya delegatlari tomonidan “qoniqarli” deb baholandi.

Shundan so‘ng, filialda yangi muddatga kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, qo‘mita tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi, taftish komissiyasining raisi hamda viloyat kengashida o‘tadigan hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Filialning amaldagi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Jamatovga yangi muddatga ham delegatlar tomonidan ishonch bildirilib, u kasaba uyushma qo‘mitasining raisi etib qayta saylandi.