25.03.2025. Joriy yilning 20-mart kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Bunda universitet rektori K. Karimov va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Sobirovning hisobotlari tinglandi.
Shundan so‘ng, universitet kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi hamda jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi raisi Abduxalil Raxmonov ishtirok etdi.
Dastlab, birinchi yig‘ilishda jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muhokama etildi, unda universitet rektori Komiljon Karimov va kasaba uyushmasi raisi Alisher Sobirovning hisobotlari tinglandi. Hisobotdan so‘ng muzokaralar olib borilib, qaror qabul qilindi.
Shundan so‘ng, 78 nafar delegat va boshqa taklif etilganlar ishtirokida ikkinchi yig‘ilish – universitet kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur hisobot-saylov konferensiyasi kun tartibida 7 ta masala bosqichma-bosqich muhokama etildi, hisobotlar yuzasidan ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi.
Ishtirokchilarning taklifiga binoan yopiq ovoz berish shaklida o‘tgan mazkur hisobot-saylov konferensiyasida universitet kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga ko‘rsatilgan 2 nafar nomzod – Alisher Sobirov va Bahodir Begimqulov orasida 40 ta ovoz to‘plagan Alisher Sobirov universitet kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga saylandi.
Yangi saylangan kasaba uyushma qo‘mita raisi Alisher Sobirovning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab, yig‘ilish yakunlandi.