27.03.2025. Bugun “Jizzax akkumulyator zavodi” MChJ kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kasaba uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdulahatovich Urazboev 2020–2025-yillar davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Konferensiya delegatlari tomonidan uning faoliyati “qoniqarli” deb baholandi va u yana ushbu lavozimga qayta saylandi.
Konferensiyada ish beruvchi vakili – “Jizzax akkumulyator zavodi” MChJ texnik direktori Shuhrat Xabibovich Umarov ishtirok etdi. U zavod rahbariyati nomidan so‘zga chiqib, amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbir davomida kasaba uyushmasi va ish beruvchi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida quyidagi qarorlar qabul qilindi:
- Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi shakllantirildi.
- Taftish komissiyasi va uning raisi saylandi.
- 2025-yil iyun’ oyida bo‘lib o‘tadigan viloyat konferensiyasiga delegatlar tasdiqlandi.
Konferensiyada mehmon sifatida quyidagi kasaba uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi:
Qobiljon Qirg‘izalievich Qirg‘izaliev – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, mehnat inspeksiyasi boshlig‘i.
Ahmadjon Mahmudovich Xaqulov – O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi.
Ilhomjon Ibrohimovich Kamolov – Respublika Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri.
Olimxon Abdusamatovich Mirzaev – Tarmoq kasaba uyushmasi Samarqand viloyati Kengashi raisi.
Tadbir davomida kasaba uyushmasi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.