[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

28.03.2025. O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Karmana tuman Kengashi tizimidagi Quyi Zarafshon irrigasiya tizimi havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasida hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari M. Boboyorov, Navoiy viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari N. Isoqov, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining tarmoq kasaba uyushmasi taftish komissiyasi raisi R. Suyunov ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020–2025 yillar davomida bajargan ishlari yuzasidan hisoboti va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi, qo‘mitaning ish faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.

Muzokaralarga boy bo‘lgan mazkur majlisda munosib nomzodlar delegatlar tomonidan ko‘rsatilib, ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, ko‘rsatilgan nomzodlar ichidan amaldagi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Rajabov A’zam Ravshanovich qo‘mita raisligiga saylandi hamda 4 nafar qo‘mita a’zosi saylab olindi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining taftish komissiyasi raisi va a’zolari, tuman Kengashi konferensiyasiga bir nafar delegat ham saylab olindi.

Yig‘ilish yakunida delegatlar bilan kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi bo‘yicha suhbat olib borildi.