28.03.2025. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining 5 yillik faoliyati hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi Nazira Tog‘aeva, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nurali Safoev, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi Feruza Raximova va filial bosh vrachi Baxrom Jalolov ishtirok etdi.
Konferensiyada kasaba uyushmasi qo‘mitasining 5 yillik faoliyati eshitilib, delegatlar tomonidan “qoniqarli” deb baholandi. Saylovlar ochiq ovoz berish tartibida o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Salim Pormanov qayta saylandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari, taftish komissiyasi raisi va a’zolari hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyat tashkiloti konferensiyasiga delegat saylandi.
Konferensiyada so‘zga chiqqanlar xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmasining o‘rni va roli to‘g‘risida fikr yuritdi.