[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

03.04.2025. Jamoada 1266 nafar kasaba uyushmasi a’zosi mavjud bo‘lib, hisobot-saylov yig‘ilishlarining dastlabki bosqichi korxona sex jamoalarida o‘tkazildi va boshlang‘ich tashkilot konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Konferensiyada dastlab jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi yuzasidan korxona rahbarining hisoboti tinglandi. Konferensiya delegatlari jamoa shartnomasiga kiritiladigan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Hisobot-saylov konferensiyasi ishida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Ishanxodjaev Asror Aslanovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat Kengashi raisi Olimov Muhammadqosim Hoshimovich va uning o‘rinbosari Beshimov Hamid Saidovich ishtirok etdilar.