07.04.2025. Joriy yilning 4 aprel’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyati kengashida viloyat kengashi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining 2021 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat kengashi raisi M. Olimov va davlat muassasalari hamda jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi B. Bahromov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi S. Ergashev tomonidan o‘tgan 5 yil davomida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, jamoa shartnomasidagi bandlarning bajarilishi, xodimlarga yaratilgan imtiyoz va shart-sharoitlar, shuningdek, moliyaviy hisobotlar o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng mehnat jamoasi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi, ijroiya qo‘mita a’zolari va nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi. “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishida amaldagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi S. Ergashev mehnat jamoasi tomonidan qayta saylandi.
Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti a’zolari tomonidan o‘tgan davr mobaynidagi faoliyat yuzasidan fikr-mulohazalar va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar bildirildi.