[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

08.04.2025. Joriy yilning 7 aprel’ kuni “Andijon suvta’minoti” AJ boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Andijon viloyati kengashi raisi o‘rinbosari N. Abdurahmonova, tarmoq kasaba uyushma viloyat kengashi raisi N. Quzibaeva va tarmoq kasaba uyushma kengashi mehnat texnik inspektori A. Abduraimovlar ishtirok etdilar. Viloyat tarmoq kasaba uyushma kengashi raisi N. Quzibaeva kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalarining oldida turgan ustuvor vazifalar, xodimlar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash borasidagi muhim masalalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Konferensiya kun tartibiga asosan qo‘mita a’zolari, taftish komissiyasi a’zolari va uning raisi ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Kasaba uyushmasi raisi saylovi esa O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan nizomga asosan muqobillik asosida ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi.

Saylov natijalariga ko‘ra, “Andijon suvta’minoti” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi sifatida Shokirov Zuhriddin Abdurahimovich qayta saylandi.