[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

08.04.2025. Qiziltepa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi kengashi hamkorligida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari o‘rtasida «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra nominasiyalar bo‘yicha quyidagilar 1-o‘rinni egalladilar va ularga diplom hamda viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiyanomalar berildi:

“Eng yaxshi direktor o‘rinbosari” nominasiyasida 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari Sh. Kamolova 1-o‘rinni egalladi.

“Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominasiyasida 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi N. Rahmatova 1-o‘rinni egalladi.

“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominasiyasida 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi G. Bafoeva 1-o‘rinni egalladi.

“Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominasiyasida 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi M. Muhammadova 1-o‘rinni egalladi.

“Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi” nominasiyasida 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi F. Urakova 1-o‘rinni egalladi.

“Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominasiyasida 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi N. Adizova 1-o‘ringa munosib deb topildi.

Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilarga kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziltepa tuman kengashi