[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

08.04.2025. Joriy yilning 7 aprel’ kuni “Hamshira–2025” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan 19 nafar ishtirokchi o‘rtasida tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini hamshiralar o‘rtasida tushuntirish, el-yurt orasida hurmat qozongan, chinakam matonat va jasorat sohibi bo‘lgan hamshiralarning kasbiy bilim va malakalarini oshirib borish, mehnatda yutuqlarga erishib kelayotganlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ular faoliyatini ommalashtirish, o‘z kasbining mohir egalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida, 2025 yil 9 yanvardagi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 1-son, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 17-06 “S” son, hamda O‘zbekiston Hamshiralar Assosiasiyasining 1-son qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash asosida, Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyati Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Hamshiralar Assosiasiyasi Andijon viloyati bo‘limi hamkorligida tanlov tashkil etildi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur tanlovda hududlar miqyosida saralangan 19 nafar hamshira klinik imtihonlar, amaliy bilimlar, ijtimoiy-siyosiy savodxonlik va tezkor savol-javoblar asosida sinovdan o‘tdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra:

Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali hamshirasi Hamidova Gavharoy Tohirjon qizi — 1-o‘rin,

Andijon viloyat Travmatologiya-ortopediya shifoxonasi hamshirasi Esonova Irodaxon Usmon qizi — 2-o‘rin,

Respublika Tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali hamshirasi Xolboeva Sadoqat Mamasobir qizi — 3-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar va ishtirokchilar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyati Kengashi hamda Hamshiralar Assosiasiyasining faxriy yorliqlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan ko‘rik-tanlov ishtirokchilari uchun bayramona kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi va tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.