09.04.2025. 2025 yil 4 aprel’ kuni Respublika markaziy maslahat-diagnostika poliklinikasida kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Majlisda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi raisi X. Saydaliev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida — ya’ni 2020 yil aprel’ oyidan 2025 yil aprel’ oyigacha bo‘lgan oraliqda bajarilgan ishlar bo‘yicha — Bosh shifokor Saidova Dinara Ismatillaevna, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Axmedov Sadadin Axmedovich va taftish komissiyasining hisobotlari eshitildi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlarga tegishli baholar berildi. Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi va boshlang‘ich tashkilot raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Ko‘rsatilgan ikki nomzoddan E. Xidirov nomzodi mehnat jamoasi tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, ko‘tarilgan savollarga mutasaddilar tomonidan javob berildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.