09.04.2025. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-ilovasida Respublika byudjetidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga 150,0 mlrd. (bir yuz ellik milliard) soʻm ajratilishi belgilangan.
Mazkur mablagʻlar hisobidan 2025-yil 1-aprel holatiga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga 50,0 mlrd. (ellik milliard) soʻm oʻtkazilgan boʻlib, ushbu mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov tumanida yangi sanatoriy qurish va Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yangi zamonaviy yopiq turdagi suzish havzasi qurish ishlariga yoʻnaltirilgan.