09.04.2025. Respublika tez tibbiy yordam markazi Sirdaryo viloyati filialida kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkilotning 2020 yil aprelidan 2025 yil apreliga qadar bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan sarhisob qilindi hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi hisoboti tinglandi.
Muzokaralar davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan kasaba uyushmasi faoliyati qoniqarli, deb baholandi. Yig‘ilishda qo‘mita a’zolari saylandi va raislikka Rizokulova Buvnisa nomzodi ma’qullandi.
Tadbirda Tibbiyot xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi A. Mirzaxanov ishtirok etib, yig‘ilish qatnashchilariga mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar va bu yil kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanishi haqida ma’lumot berdi.