[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

09.04.2025. So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi mehnat munosabatlari, ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda jamoat tashkilotlari, davlat idoralari va ish beruvchilar o‘rtasida samarali ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2023–2025 yillar uchun Hududiy jamoa kelishuvi imzolanib, amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Joriy yil 8 aprel’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi majlislar zalida Toshkent viloyati hududiy jamoa kelishuvining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha “Uch tomonlama komissiya” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda faoliyat yurituvchi bir qator davlat idoralari va jamoat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mas’ullar tomonidan Hududiy jamoa kelishuvida belgilangan maqsad va vazifalarni amaliyotga tadbiq etish, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berildi.

Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.