[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

10.04.2025. Sog‘lom turmush tarziga e’tibor qaratish — Butunjahon salomatlik kuni deb belgilangan sanadagi muhim vazifalardan biridir.

Joriy yilning 10 aprel’ kuni erta tongdan shaharimiz markazida joylashgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida Buxoro viloyati kasaba uyushmalari kengashi tomonidan “7 aprel’ – Butunjahon salomatlik kuni” hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi munosabati bilan korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida yurish marafoni tashkil etildi.

Mazkur yurish marafoni o‘z salomatligi, sog‘lom tanasi va mustahkam irodasi haqida qayg‘uradigan har bir inson, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish uchun muhim tadbir hisoblanadi. Uch kilometrlik yurish marafonida 3000 nafarga yaqin boshlang‘ich tashkilotlar faollari, korxona va tashkilotlarda ishlayotgan yoshlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida ommaviy badantarbiya mashqlarini bajarishdi.