10.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlariga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tashkil topganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan ishda va o‘qishda faollik ko‘rsatayotgan yoshlarning 50 nafari Marg‘ilon temiryo‘l vokzalidan Toshkent shahriga sayohatga kuzatildi.
Ular uch kun davomida poytaxtning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishadi.
— Yoshim 18 da. Farg‘ona shahridagi “Teplo ideal” MChJda ishlayman, — deydi Komiljon Yusupov. — Yaqindagina kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgandik. O‘shanda bizga kasaba uyushmalari tomonidan ko‘plab imtiyozlar borligi ta’kidlangandi. Mana, bugun kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan Toshkent shahriga sayohatga ketyapmiz. Bu mening poytaxtga birinchi safarim.