11.04.2025. 2025 yil 5 aprel’ kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruvi kasaba uyushmasi qo‘mitasining VIII hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari hamda sohaviy kasaba uyushmasi a’zolari ishtirok etdilar.
Konferensiyada 2020–2025 yillar davomida qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash yo‘lidagi yutuqlar va dolzarb masalalar muhokama etildi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Umarova Shaxlo Abduvarisovna “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruvi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga qayta saylandi.