11.04.2025. 2025 yil 10 aprel’ kuni Sardoba tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020–2025 yillardagi faoliyati bo‘yicha hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qo‘mita raisi tomonidan ma’ruza o‘qildi, bajarilgan ishlar tahlil qilindi va kelgusi yillarga mo‘ljallangan vazifalar muhokama etildi. Mehnat jamoasining manfaatlarini himoya qilish, ishchilar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, kasaba uyushmasi shartnomasining samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibi saylandi. Shuningdek, kelgusi besh yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.