[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

14.04.2025. Azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon-atlas va adraslarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyat ulashadi.

O‘zbek milliy liboslariga muhabbat uyg‘otish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib etish, milliy madaniyatni yuksaltirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida “Ayol — qadriyatlar davomchisi” mavzusida marosim va urf-odatlar taqdimot tanlovi tashkil etildi. Bugun ushbu tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ekspertlar komissiyasi a’zosi Jamila Shermuxamedova hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abdusaidovlar ishtirok etdilar.

Tadbirda Samarqand shahri va tumanlarning olis mahallalaridan kelgan jamoalar “Vatanga muhabbat — eng muqaddas tuyg‘u”, “Onalar — millat tarbiyachisi”, “Milliy marosim va urf-odatlar”, hamda bolalar milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha chiqishlarini namoish etdilar.

Hakamlar hay’ati ishtirokchilar chiqishlarini adolat va shaffoflik tamoyili asosida baholadi. 1-o‘rinni Bulung‘ur tumani, 2-o‘rinni Ishtixon tumani, 3-o‘rinni Samarqand tumani jamoalari egalladilar.

G‘oliblarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan uch kunlik sayohatda ishtirok etish uchun sertifikatlar topshirildi.