[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

14.04.2025. Forish tumanida sodir bo‘lgan ishchiga nisbatan adolatsizlik kasaba uyushmalari aralashuvi bilan bartaraf etildi.

2023 yil 5 dekabr’ kuni Jizzax viloyati Forish tumanida yashovchi Samanov Elmurod “KARBONAT” AJda elektr-gaz payvandlovchi sifatida ish vaqtida ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida tan jarohati oldi. Hodisa N-1 shaklida rasmiylashtirilib, ishlab chiqarish bilan bog‘liq deb topildi. Tibbiy xulosaga ko‘ra, u 70% kasbiy mehnat layoqatini yo‘qotgan deb topilib, II-guruh nogironligi belgilandi.

Biroq, 2024 yil sentyabridan 2025 yil martgacha bo‘lgan oyma-oy to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar puli — 18 784 160 so‘m — ish beruvchi tomonidan hech qanday asossiz to‘lanmadi. Samanovning turmush o‘rtog‘i Turg‘unova Oysafar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyat Kengashiga murojaat qildi.

Kengash tomonidan masala o‘rganilib, 2025 yil 24 fevralda “KARBONAT” AJ ish beruvchisiga taqdimnoma yuborildi. Ammo ish beruvchi unga ijobiy munosabat bildirmadi. Shu sababli jabrlanuvchining manfaatlarini himoya qilish maqsadida Forish tuman sudiga murojaat qilindi.

2025 yil 25 martda sud hal qiluv qarori chiqardi:
🔹 Samanov Elmurod foydasiga 18 784 160 so‘m zarar puli,
🔹 1 000 000 so‘m ma’naviy zarar,
🔹 37 500 so‘m pochta xarajatlari — jami 19 821 660 so‘m undirilishi,
🔹 Qo‘shimcha ravishda ish beruvchidan davlat foydasiga 3 931 249 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.

Bu holat kasaba uyushmalarining ishchi-xodimlar huquqlarini himoya qilishdagi muhim rolini yana bir bor namoyon etdi.