[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

16.04.2025. 2025 yil 15 aprel’ kuni O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyati birlashgan qo‘mitasi tizimidagi Buxoro shahar 2-son sport maktabida kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida 2020 yil fevral oyidan 2025 yil aprel’ oyigacha bo‘lgan davrda qo‘mita faoliyati yuzasidan hisobot, kasaba uyushma qo‘mitasi raisligini va a’zolarini saylash, shuningdek, viloyat birlashgan qo‘mitasining navbatdagi konferensiyasiga delegat saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, 2023–2025 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomalarining 2024 yil davomida ish beruvchi va kasaba uyushma tashkiloti tomonidan bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisoboti tinglandi.

Yig‘ilish yakunida Buxoro shahar 2-son sport maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga ko‘pchilik ovoz bilan Hasanova Madina qayta saylandi.