[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

17.04.2025. “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialidagi kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Q. Ibadullayev 2020–2025 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Uning faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.

Yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilgan saylovda Q. Ibadullayev kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga qayta saylandi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqildi va yangi tarkibda kasaba uyushmasi qo‘mitasi shakllantirildi.

Konferensiyada Respublika kengashi raisi A. Xakulov hamda Federatsiyaning Xorazm viloyati kengashi raisi G. Ahmedova ishtirok etdi.