[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

18.04.2025. Surxondaryo viloyatida mehnat huquqlarini tiklash bo‘yicha yana bir muvaffaqiyatli ishlar amalga oshirildi.

Surxondaryo viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasining xodimi Chorshanbiev Farxod Jabborovich O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashiga murojaat qilib, noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgani va majburiy bekor yurgan vaqtlar uchun oylik ish haqlari hamda kompensasiya puli undirib berishni so‘ragan.

Murojaat mehnat huquq inspektori tomonidan o‘rganilib, xodim manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo kiritildi. Termiz tumanlararo sudi 2024 yil 26 avgustda chiqargan hal qiluv qaroriga ko‘ra, xodim ishga tiklandi va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq g‘ayriqonuniy deb topildi.

Shuningdek, 2025 yil 18 martdagi sud qaroriga asosan, ish beruvchi tashkilot hisobidan Chorshanbievning foydasiga jami 140 679 214 so‘m undirib berildi. Bu summaga ish haqi, uning kechiktirilgan qismi va ma’naviy zarar uchun to‘lovlar kiradi.

Zarif Xolov 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi mehnat huquq inspektori