[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

18.04.2025. Buxoro tumanidagi Zarmanoq mahallasida joylashgan 9204-sonli harbiy qismda “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir kasaba uyushmalari va harbiy qism hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan jamoalar ishtirok etdi. Ushbu tashabbus yoshlarni jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk qilib tarbiyalash, shuningdek ularni harbiy kasbga va oliy harbiy ta’lim muassasalariga yo‘naltirishga qaratilgan.

Tadbirda viloyat kasaba uyushmalari kengashi raisining yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi D. Jo‘raev ishtirok etib, kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan barcha ishtirokchilarni tabrikladi. U o‘z so‘zida yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va jismoniy faollikni targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.