[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

18.04.2025. Bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari o‘zining 120 yillik yubileyini nishonlaydi.

Mazkur sana munosabati bilan O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bir qator tadbirlarni o‘tkazmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha O‘zbekiston Davlat Satira teatrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalq artisti, xalqimizning suyukli san’atkori Hayrulla Sagdiev mana oltmish yildirki O‘zbekiston Davlat Satira teatrida kasaba uyushma qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda. “Kasaba uyushmasiga 60 yilik baxshida umr” deb nomlangan tadbirda taniqli san’atkorlar, oliygohlar talabalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ustoz san’atkorning nafaqat ijodiy faoliyati, balki, boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi sifatidagi faoliyati to‘g‘risida ham ko‘plab ijobiy fikrlar bildirilib, ko‘p yillik samarali mehnatlari e’tirof etildi.

Soha rivojiga, shuningdek, kasaba uyushmalarining jamiyatdagi nufuzini oshirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgani uchun O‘zbekiston xalq artisti Hayrulla Sagdievga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari laureati” mukofoti topshirildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati