[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

21.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Nukus shahridagi 1-son politexnikumda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi tizimida tashkil etildi.

“O‘zbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida o‘tgan tadbirning asosiy maqsadi — yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yosh avlod ongida Vatanga muhabbat, tinchlik va birdamlik g‘oyalarini singdirishdan iborat edi.

Tantanali tadbir doirasida turli millat vakillari tayyorlagan milliy liboslar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, yoshlar ijrosidagi milliy qo‘shiq va raqslar, xalq o‘yinlari yurtimizdagi madaniy xilma-xillik va ko‘p millatli xalqning bir oiladek hayot kechirayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Tadbir ishtirokchilari — yoshlar, ustozlar va mehmonlar nafaqat estetik zavq oldilar, balki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bag‘rikenglik siyosati va millatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar haqida yanada chuqurroq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday tadbirlar yoshlar qalbida hamjihatlik, o‘zaro hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.