21.04.2025. Sport — sog‘lom hayot asosi. Urbanizasiya va zamonaviy hayot tarzi kamharakatlilikni oshirib, aholi salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Holsizlik, uyquchanlik, diqqatning pasayishi, semizlik kabi belgilari ortib borayotgan bir paytda, jismoniy faollikni rag‘batlantirish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Har yili 7 aprel’ kuni nishonlanadigan Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab yugurish va yurish marafonlari tashkil etiladi.
Jumladan, joriy yilning 18 aprel’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.