21.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18 aprel’ kuni Sirdaryo viloyatida sportning shaxmat turi bo‘yicha “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqagacha tuman bosqichlari 5–10 aprel’ kunlari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 4500 dan ortiq havaskor shaxmatchilar ishtirok etdi.
Viloyat bosqichida 20 nafar saralangan shaxmatchi g‘oliblik uchun bellashdi. Qizg‘in va bellashuvlarga boy musobaqa yakunida erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin — Guliston shahridagi 1-umumta’lim maktabi xodimi Jumaev Eldor;
2-o‘rin — Guliston tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi hisobchisi Abdulla Raxmonov;
Ayollar o‘rtasida esa:
1-o‘rin — Boyovut tumani 1-son sport maktabi murabbiyi Yulduz Xaylaeva;
2-o‘rin — Boyovut tumanidagi 1-maktab psixologi Sevara Ochilova g‘olib deb topildi.
G‘oliblar Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.